Joriy yil 14—16-sentabr kunlari Xivadagi “Ichan qal’a” muzey-qo‘riqxonasi hududida “Raqs sehri” xalqaro festivali o‘tkaziladi. Bu haqda “Daryo”ga Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Raqs sehri” xalqaro festivali milliy raqs san’atini keng targ‘ib qilish va art-turizmni yanada rivojlantirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda tashkil etib kelinmoqda.
Bu yilgi “Raqs sehri” xalqaro festivalida 20 dan ortiq xorijiy davlat, shuningdek, O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan raqs jamoalari, san’atkorlar, olim va tadqiqotchilar qatnashadi.
Shuningdek, festival doirasida raqs ustalarining mahorat saboqlari, ijodiy uchrashuvlar, folklor ansabllari chiqishlari, animatsion shoular, sahnalashtirilgan va qo‘g‘irchoq teatrlari tomoshalari, hunarmandlar, tasviriy va amaliy san’at, milliy taomlar va liboslar ko‘rgazmalari hamda “O‘zbekiston raqs san’ati tarixi” fotoko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Izoh (0)