Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avvalroq o‘zbekistonlik Artur Babayev ismli bloger o‘zini yurib ketayotgan poyezd ostiga tashlab, ushbu holatni videoga olgani haqida xabar berilgan edi.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Toshkent temir yo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi bilan bog‘lanib, blogerning ushbu qilmishiga nisbatan qanday chora ko‘rilishini so‘radi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda 16-avgust kuni paydo bo‘lgan. Holat Yunusobod tumanidagi “Salar—Chuqursoy” stansiyasida qayd etilgan. Blogerlarning shaxsi aniqlangan. Ular 19 yoshli Artur Babayev va Dmitriy.O bo‘lib chiqdi.

Blogerlar ushbu qilmishni “mashhur bo‘lish va obunachilari sonini ko‘paytirish maqsadida” qilganini aytib o‘tgan.

Holat yuzasidan blogerlarga nisbatan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)da ko‘zda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik haqida bayonnoma tuzilgan.

Ularga qanday chora ko‘rishni esa sud hal qiladi, deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi