Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Donald Tramp otishmalar bilan bog‘liq fojialar ortib borayotgani sababli mamlakatda 60—70-yillarda yopilgan ruhiy kasalxonalarni yana ochish zarur deb hisoblamoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

“Biz yana ruhiy kasalxonalarni qurishni boshlashimiz kerak”, — degan u.

“Agar 60—70-yillarni eslasak, juda ko‘p shunday ruhiy kasalxonalar yopilib, odamlar shunchaki ko‘chaga chiqarib yuborildi. Bu mamlakatimiz uchun dahshatli edi. Ular yopilib ketdi. Shaharlar ularni ta’minlay olmasdi, shu sababli ular yopilib ketdi”, — deb ta’kidlagan Tramp.

Shuningdek, ruhiy kasalxonalarni yana ochish lozimligi, bunday odamlar ko‘chada yurishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini qo‘shimcha qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi