Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kuzda Qozog‘istonning Olmaota shahrida bir millionta daraxt ekilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda shahar hokimi Bakitjan Sagintayev o‘z Instagram’ida ma’lum qildi, deb yozadi Tengrinews.

Foto: Instagram/sagintayev.b

Foto: Instagram/sagintayev.b

“Shahrimizni keng ko‘lamda ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha majlis o‘tkazdim. Hozir Olmaotada 2,2 millionta daraxt bor, ammo ularning 550 mingtasi avariyaviy va kasal holatda. Kuzda uch yillik Jasyl Almaty loyihasini amalga oshirishni boshlashni taklif qilaman, uning doirasida butun shahar bo‘ylab bir milliondan kam bo‘lmagan daraxt ekiladi”, — deb yozdi hokim.

Sagintayevning ta’kidlashicha, yangi mikrotumanlar, ko‘chalar, hovlilarni ko‘kalamzorlashtirish, butun megapolis bo‘ylab aholi uchun yangi xiyobonlar, skverlar, bog‘lar, dam olish hududlarini yaratish lozim.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi