Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda bayramlar arafasida xavfsizlikni ta’minlash uchun chegaralarni yopish, ayniqsa, Toshkentga keluvchilarga nisbatan cheklov o‘rnatish kabi choralar qo‘llanib kelingan. Bu amaliyot hozir ham mavjudmi? O‘zA muxbiri Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev bilan shu haqda suhbatlashdi.

Foto: O‘zА

Foto: O‘zА

— Haqiqatan ham nafaqat bayramlarda, boshqa paytlarda ham ehtiyot choralarini haddan ziyod kuchaytirib kelingan. Bu bir qarashda qobiqqa o‘ralish, boshqacha aytganda, kosa tagiga bekinib olishga ham o‘xshagan. Afsuski, bu amaliyot to‘g‘ri bo‘lmaganini erkinlashtirish siyosati yaqqol ko‘rsatdi. Yaqin qo‘shnilar bilan hamkorlik aloqalarining kuchaytirilgani, yopib tashlangan chegara postlarining ochilib, fuqarolar, tadbirkorlarning bemalol o‘tib-qaytishi yo‘lga qo‘yilgani nafaqat turizm, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda muhim rol o‘ynamoqda.

Birgina qo‘shni davlatlar bilan bemalol bordi-keldi qilayotganimiz natijasida O‘zbekistonga kirib keluvchilar soni kuniga 2 mingga yaqinni tashkil etmoqda. Ularning asosiy qismi turistlar bo‘lib, ular tomonidan qo‘pol qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yish keyingi bir yilda umuman qayd etilmadi.

Xususan, qo‘shni Tojikiston Respublikasi bilan ana shunday erkin bordi-keldi yo‘lga qo‘yilganda ko‘pchilik xavf paydo bo‘lishidan qo‘rqqani sir emas. Ammo chetdan kirib kelayotganlar ichida O‘zbekistonga buzg‘unchilik niyatida kelgan yoki terroristik xavf tug‘diruvchi birorta ham shaxs qayd etilmadi.

Bayram arafasida poytaxtga kirib keluvchilarga cheklov o‘rnatish amaliyoti ham mavjud edi. Ammo bu yurtdoshlarga juda ko‘p noqulayliklar tug‘dirib kelgan. Chunki mamlakatning nafaqat siyosiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy markazi bo‘lgan Toshkent shahri bilan hududlardagi aholini bog‘lab turgan aloqalar juda keng qirrali, albatta. Shularni hisobga olib hozirgi kunda bunday amaliyotga ham butunlay chek qo‘yilgan. Bu yil Mustaqillikning 28 yilligi arafasida ham, bayram kunlari ham poytaxtga keluvchilarga nisbatan hech qanday cheklov bo‘lmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Dunyo
Qozog‘istonda ikki yashar bola 11 ta magnitni yutib yubordi (foto)