Nyu-York shahridagi Bensonherst sport majmuasida 11-avgust, yakshanba kuni “Paxtakor-79” fojiasiga 40 yil to‘lishi munosabati bilan xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Daryo”

Tadbir doirasida “Paxtakor Nyu-York” jamoasi Nyu-York shahrining ko‘p millatli fuqarolaridan tuzilgan jamoaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. Uchrashuv avvalida vafot etgan futbolchilar haqqiga duo qilindi. O‘yinda Nyu-yorklik paxtakorchilarning qo‘li baland keldi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Mahalla USA tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan xotira kechasida O‘zbekistonnning BMTdagi missiyasi vakili Baxtiyor Ibragimov, O‘zbekistonnning Nyu-Yorkdagi bosh konsuli Kamol Ikromov va boshqalar ishtirok etdi.

Foto: “Daryo”

Tadbir so‘ngida yig‘ilganlarga ehson oshi tortildi.

Foto: “Daryo”

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!