Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdan ortda qolayotgan tuman va shaharlarda yer birinchi navbatda jamoat va davlat ehtiyojlari uchun ajratiladi, deb xabar beradi Norma.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-avgustdagi 653-sonli qaroriga binoan, yer uchastkalari ajratish mexanizmlarini yanada soddalashtirish maqsadida ayrim qarorlarga qo‘shimchalar kiritildi.
Hujjatga muvofiq, agarda tuman va shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidan ortda qolsa, eng avvalo, yer ijtimoiy ahamiyatga ega va infratuzilma obyektlari qurilishi uchun ajratiladi.
Aynan qaysi tuman va shaharlarning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishdan ortda qolayotganini Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda aniqlaydi. Biznes va shaharsozlik uchun elektron auksion orqali yer ajratish tartibi mazkur holda qo‘llanilmaydi.
Izoh (0)