8-avgust kuni soat 17:21 da “102” raqamiga fuqaro qo‘ng‘iroq qilib, Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasida joylashgan 23-sonli maktab oldidagi ariqdan o‘g‘il bolaning jasadi oqib kelganligini bildirgan.
Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu jasad Kogon tumani Sorg‘un mahallasida yashagan, 2017-yilda tug‘ilgan Sh.N.ga tegishli ekanligi aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, bola shu kuni ehtiyotsizligi oqibatida yashash uyining oldidan oqib o‘tuvchi ariqga tushib ketib, suvga cho‘kkan.
“Hurmatli ota-onalar! Yosh farzandlaringizning xatti-harakatlariga e’tiborli bo‘ling, aslo nazoratdan chetda qoldirmang! Ochiq suv havzalariga yaqin borishiga yo‘l qo‘ymang. Aks holda bunday baxtsiz hodisa qurboni bo‘lmasligiga hech kim kafil bo‘la olmaydi”, — deyiladi Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabarida.
Izoh (0)