Chilonzor tumanida qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahar IIBB xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 142-moddasi (“Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish”) va 118-moddasi (“Nomusga tegish”) ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan va qidiruvda bo‘lgan 36 yoshli buxorolik Farrux Z.ni 5-avgust kuni Chilonzor tumanida qo‘lga oldi.
Sud unga nisbatan hibsga olish chorasini qo‘lladi