Italiyalik Eleonora ismli sayyoh “Ichan qal’a”da joylashgan novvoyxonada xorazmcha non tayyorlashni o‘rganmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tandirdagi nonlarni Eleonoraning o‘zi yopmoqda.
Uning ikki kundan beri urinayotgan ishidan zavq olayotganini payqash qiyin emas.