Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni qo‘lga olish bo‘yicha yangi amaliyot boshlandi. Bu haqda Knews xabar berdi.
Qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari Atambayev tarafdorlariga nisbatan maxsus vositalardan foydalanmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kuchishlatar tuzilmalar xodimlari Almazbek Atambayevning Qo‘y-Toshdagi qarorgohini o‘rab olgan. Xodimlar bir qismi qarorgoh ichiga kirgani, Atambayev tarafdorlaridan bir guruhi esa voqea joyidan uzoqlashgani aytilmoqda.
https://www.facebook.com/watch/?v=1238037923045073
Qayd etilishicha, hozirda kuchishlatar tuzilmalar Almazbek Atambayev qarorgohining darvozasini buzib ichkariga kirgan.
Atambayev tarafdorlari kuchishlatar tuzilmalar vakillarining bir qismini siquvga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Qarorgoh hududiga militsiya va tibbiyot xodimlari brigadasi kirib ketgan.