Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev ham Yakkabog‘da jamoatchilik bilan uchrashib, bo‘lib o‘tgan voqealar uchun uzr so‘radi.
— Yakkabog‘da ro‘y bergan voqealar 100 foiz viloyat va tuman hokimliklarining xatosi. Buning uchun hukumatimizdan, xalqimizdan, aziyat chekkan tadbirkorlar, jurnalist va blogerlardan kechirim so‘rayman. Agar bizga imkon berilsa, bundan buyon “Buzilsin, olib tashlansin, qo‘porilsin”, degan siyosatdan mutlaqo voz kechamiz, — dedi Ro‘ziyev.
Shavkat Mirziyoyev 2-avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida joylardagi buzilish ishlarida zo‘ravonlik siyosatini qoralagan va bunga yo‘l qo‘ygan hokimlar, xususan, Zafar Ro‘ziyevning harakatlarini xiyonat sifatida baholagandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Rishton tumaniga borib, mahalliy aholi bilan uchrashgan va tumanda olib borilgan buzilish ishlarida yo‘l qo‘yilgan xatolar uchun kechirim so‘radi.
Izoh (0)