Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Floridalik Kristina Settanni Linkin Park guruhining qo‘shig‘i yordamida o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan insonning hayotini saqlab qoldi, deb xabar beradi Meduza.

Kadr: Facebook

Kadr: Facebook

Mazkur hodisa 20-fevralda sodir bo‘lgan, biroq Oranj okrugi politsiyasi iyul oxiridagina bu haqda ma’lum qilgan.

O‘sha kuni politsiyaga avtotrassa ko‘prigi chetida o‘tirgan erkak haqida ma’lumot kelib tushgan. “Bizga tez-tez bunaqa qo‘ng‘iroqlar bo‘lib turadi. 95 foiz holatlarda odamlar shunchaki evakuator kutayotgan bo‘ladi”, — deydi sherif yordamchisi Shon Kayer.

https://www.facebook.com/OrangeCoSheriff/videos/2271063246542042/

Erkakni ko‘pchilik payqagan bo‘lsa-da, faqatgina Kristina Settanni to‘xtashga qaror qilgan. “O‘zim ham shunaqa vaziyatga tushganim sabab to‘xtadim. Mazkur vaziyatda bu sening eng so‘nggi yo‘ling ekanligini o‘ylaysan. Kimdir unga nisbatan befarq emasligini ko‘rsatishi kerak edi”, — deydi Settanni.

Settanni erkakning yoniga o‘tirib, uni tinchlantirishga uringan. “Qaysidir onda u oldinga harakat qildi va men ham unga yaqinlashdim: ‘Yo‘q, sakrasang men ham sakrayman’, dedim”. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayol erkakka Linkin Park’ning “One More light” qo‘shig‘ini kuylay boshlagan. Qo‘shiqda shunday so‘zlar bor: “Yana bir yulduzning so‘nishi kimni tashvishga soladi? Meni”.

Bu vaqt ichida ko‘prik ustiga sherif yordamchisi yetib kelib, erkakni o‘ziga tortgan. Erkak qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi