Yaman hukumatining muvaqqat poytaxti Adanda harbiy bazaga raketa zarbasi yo‘llanishi va avtomobil portlashi oqibatida 49 kishi halok bo‘ldi.
Yana 48 nafar odam yaralangan.
Xusiylar harbiy parad bo‘layotgan manzilga raketa zarbasi bergani bildirilmoqda. Zarba chog‘ida brigada generali Munir Yafin ham halok bo‘lgan.
Bunga parallel ravishda politsiya bo‘limi yaqinida hudkush o‘zini avtomobilda portlatib yuborgan.
Izoh (0)