• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jomboy va Samarqand tumanlarida nega hokim o‘zgardi?

    O‘tgan hafta Samarqandga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonlari, belgilangan loyihalarning hayotga tatbiq etilishi bilan tanishdi, deb ma’lum qiladi Zarnews.

    Foto: Zarnews

    Foto: Zarnews

    Viloyatda turizm, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida klaster tizimini keng joriy etish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash va boshqa masalalar yuzasidan yaqin istiqboldagi vazifalar belgilandi. Viloyat faollari, sektorlar rahbarlari bilan shu va boshqa masalalar muhokama qilindi. Kechagi uslub, qotib qolgan qarashlar bilan oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi. Bugungi davr barchamizdan yangicha fikrlashni, zamon shiddatiga mos ishlashni taqozo etadi, dedi davlat rahbari. Va, ushbu muloqot ortidan Samarqand va Jomboy tumanlari hokimlari vazifasidan ozod etildi. Hokimlar bilan birga tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan qolgan uch sektor rahbarlari — prokuror, ichki ishlar bo‘limi va soliq inspeksiyasi boshliqlari ham ishdan olindi.

    Sessiyalarda ishtirok etgan Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov o‘z so‘zida ushbu rahbarlar faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklar haqida batafsil so‘z yuritdi.

    Jumladan, viloyatda kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari ulushi 52,5 foizni tashkil etgan bir vaqtda, barcha imkoniyatlarga ega bo‘lgan Jomboy tumanida bu ko‘rsatkich 19,5 foizni tashkil etar ekan. Hududning tashqi savdo aylanmasida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi esa atiga 33 foiz. Yilning birinchi yarmi uchun belgilangan 14,5 mln dollarlik hududiy eksport rejasi ham 75 foizga bajarilgan. Tumanda “Har bir oila — tadbirkor” davlat dasturi asosida 1,5 milliard so‘mlik 120 ta loyihaga ijobiy xulosa berilgan bo‘lsada, 820 million so‘mlik 76 ta loyiha moliyalashtirilmagan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, tumanda yetishtirilgan 202,5 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarining bor yo‘g‘i 16 foizi qayta ishlanadi. Meva-sabzavot mahsulotlarini zamonaviy usulda saqlash uchun yetarli miqdorda muzlatkichli omborlar tashkil etilmagan. G‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekish ishlari tizimli tashkil etilmagan. Ushbu masalaga to‘rt sektor rahbari ham mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan.

    Tumanda ijtimoiy sohada ham bir qator muammolar mavjudligi qayd etildi. Xususan, davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining 7 tasi moslashtirilgan binoda faoliyat ko‘rsatmoqda. 5 tasi to‘siq devorlari bilan o‘ralmagan, 15 tasida tashqi hojatxonalari qoniqarsiz ahvolda, 22 tasi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan, 7 tasi rekonstruksiya va 6 tasi joriy ta’mirga muhtoj.

    56 ta umumta’lim maktabining 26 tasi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan, 50 tasining atrofi to‘liq o‘ralmagan, 35 tasining isitish tizimi ishlamaydi, 18 tasida sport zallari mavjud emas. Bunday kamchiliklar madaniyat muassasalarida ham juda ko‘p.

    Samarqand tumanida ilgari faoliyat yuritgan 562 ta sanoat korxonasining 7 tasi bugunga kelib tugatilgan, 38 ta sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatmayapti. Joriy yilning dastlabki olti oyida tumanda 12,7 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi belgilangan bo‘lib, haqiqatda 5 ta loyiha bo‘yicha 6,8 million dollar investitsiyalar o‘zlashtirilgan xolos. Tuman meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan bo‘lishiga qaramasdan 6,8 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinib, belgilangan reja 54 foizga kam bajarilgan. Ayni paytda yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgan bir paytda Samarqand tumanida 1811 tadbirkorlik sub’yektining 198 tasi, 2561 nafar yakka tartibdagi tadbirkorning 1240 nafari faoliyat ko‘rsatmayapti.

    Tumanda bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrovi 30 foizni tashkil etadi xolos. Mavjud 83 ta bog‘chaning 3 tasi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan, 7 tasi rekonstruksiya va 18 tasi ta’mirga muhtoj.

    4 ta madaniyat markazining binolari o‘ta qoniqarsiz axvolda bo‘lib, musiqa cholg‘u asboblari, mebel va zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlanmagan. Katta bir tumanda haligacha madaniyat va istirohat bog‘i yo‘qligini qanday izohlash mumkin? Istirohat bog‘i qurish 2013-yilda dasturga kiritilgan bo‘lsada, haligacha bu ish yakuniga yetkazilmagan.

    Sog‘liqni saqlash tizimida ham bir qancha muammolar mavjud. Bugungi kunda 1 ta QVP va 1 ta tez yordam shoxobchasi ta’mirtalab holatda. Tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi binosi avariya holatida va umuman talabga javob bermaydi.

    Tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar ham samarasiz bo‘lib, fermer xo‘jaliklarining kreditorlik qarzlari joriy yil 1-iyul holatiga 1,0 mlrd so‘mni tashkil etadi. Kam rentabelli, unumdorligi past yer maydonlarini qisqartirish hisobiga meva-sabzavot yetishtirish, uni qayta ishlash va eksport qilish ishlari talabga javob bermaydi.

    Bundan tashqari, Samarqand tumanida “Obod qishloq” davlat dasturiga kirgan hududlarda ham qurilish, obodonlashtirish ishlari talab darajasida olib borilmayapti. Yilning birinchi yarmi uchun belgilangan ishlar bajarilmagan. 1072 ta yakka tartibdagi uy-joylarni ta’mirlash ishlari 30 foizga bajarilgan xolos. 18 ta bozor infratuzilma obyeklarining birortasi foydalanishga topshirilmagan.

    Eng yomoni, ikki tumanda ham sektor rahbarlari tomonidan uyma-uy yurish, odamlar bilan muloqot qilish va ularning murojaatlarini eshitib, muammolarga yechim topish borasidagi ishlarga mas’uliyat bilan yondashilmagan.

    Viloyat hokimi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarni har tomonlama rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga faollar e’tiborini qaratdi.

    Sessiyalarda tashkiliy masalalar ko‘rildi.

    Shu paytgacha Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan To‘ychiyev Hamza Hakimovich Jomboy tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

    Samarqand tumani hokimligiga esa shu vaqtga qadar Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Mavlonov Nosir Mamarasulovich tasdiqlandi.

    31.07.2019, 20:09   Izoh (0)   20095
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent aeroportida Tailandga fohishalikka olib ketilayotgan ikki ayol to‘xtatib qolindi

    31.07.2019, 19:56

    Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

    31.07.2019, 19:30

    1-avgust kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutiladi?

    31.07.2019, 19:17

    Norozilik tufayli Urganch-Hazorasp avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygan aholi vakilllariga chora ko‘riladimi?

    31.07.2019, 19:12

    Toshkentda 99-marshrutka “KamAZ” va treyler bilan to‘qnashdi

    31.07.2019, 19:05

    Rishtonlik 535 kishi jamoatchilik asosida ish bilan ta’minlandi. Ular o‘z uyini yangidan qurmoqda

    31.07.2019, 18:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.