Andijon davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishiga sirtqi bo‘limiga ro‘yxatdan o‘tgan D.Abbasova betobligi tufayli tez tibbiy yordam xizmati hamrohligida Andijon davlat universiteti Xorijiy tillar binosidagi imtihon zaliga olib kelingan, deb ma’lum qiladi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Telegram-kanali.
Universitet bemor abituriyentga kerakli tibbiy yordamni ta’minlagan holda unga imtihonlarda qatnashish imkoniyatini yaratib berdi. Abituriyent test savollarini yotgan holatda ishlab, qiyinchiliksiz imtihonlarni yakunladi.
Yakunda abituriyent ushbu holatida test topshirishiga yetarlicha sharoit yaratib bergan test markazi va Andijon davlat universiteti mas’ul xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Izoh (0)