2019-yil 1-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘iziston Respublikasiga tashrif buyuradi, bu haqda Vazirlar Mahkamasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Muhammadkali Abilgaziyev bilan uchrashadi. Tomonlar ikki mamlakat Davlat rahbarlari uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarning ijrosi holati, ularni to‘liq ro‘yobga chiqarishning muhim jihatlarini muhokama qiladi. Shuningdek, Hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya yig‘ilishlarida belgilab olingan vazifalarni amalga oshirish, Hukumatlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Qirg‘izistonga tashrifi doirasida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashuv ham rejalashtirilgan.
Izoh (0)