Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Navbahor tuman sudi tomonidan 2019-yil 16-aprel kuni AT “Xalq banki”ning Xatirchi filiali xodimi S.Olimovga (ism-shariflar o‘zgartirilgan) nisbatan jinoyat ishi ko‘rilib, hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: iStock

Foto: iStock

S.Olimov AT “Xalq banki”ning Xatirchi filiali plastik kartochkalar tizimini rivojlantirish sho‘basi yetakchi mutaxassisi vazifasini bajarib kelgan. U xizmat mavqeyidan foydalanib, o‘ziga tegishli login va parol orqali o‘zganing kompyuter tizimiga davomli ravishda ruxsatsiz kirib, fuqarolarning pullarini o‘zlashtirgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, S.Olimov 2016-yilning 18-sentabridan 14-oktabrigacha bank mijozi bo‘lgan 28 nafar fuqaroning duet plastik kartalarida uzoq muddatdan buyon harakatsiz qoldiqda turgan jami 1 457 127 so‘m 25 tiyinlik pul mablag‘larini, ularning nomiga boshqa plastik karta biriktirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

2016-yilning 27-noyabrdan 2018-yil 24-yanvariga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida esa o‘ziga tegishli bo‘lgan telefon raqamiga ulangan Click to‘lov tizimi orqali, bank mijozi bo‘lgan 80 nafar fuqaroning plastik kartalarida uzoq muddatdan buyon harakatsiz qoldiqda turgan jami 14 160 074 so‘mlik pul mablag‘larini o‘zining ixtiyorida turgan fuqarolarning nomiga ochilgan yangi plastik kartalariga o‘tkazgan.

2016-yil 30-sentabrdan 2018-yil 1-avgustga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, bank mijozi bo‘lgan 53 nafar fuqaroning plastik kartalarida uzoq muddatdan buyon harakatsiz qoldiqda turgan jami 11 809 800 so‘mlik pul mablag‘larini o‘zining ixtiyorida turgan fuqarolarning nomiga ochilgan yangi plastik kartalariga o‘tkazish orqali, jami 161 nafar shaxslarning 27 427 100 so‘m 25 tiyin miqdordagi pul mablag‘larini kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Sud tomonidan S.Olimov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a,g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Unga fuqarolarga yetkazgan 27 427 100 so‘m 25 tiyin miqdordagi zararlarni to‘liq qaytarganligi e’tiborga olinib, JKning 45 va 60-moddalarini qo‘llab, 3 yilga muddat mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish hamda oylik ish haqining 30 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 3 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ustoz”, “muallim”, “domla”, “professor” — bu so‘zlarning asl ma’nosi nima?
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” safarda mag’lubiyatga uchradi
Mahalliy
“Ikki milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilib, daromad topmoqda” — Mehnat vaziri