28-iyul, yakshanba kuni futbol bo‘yicha 2 ta o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Kunning dastlabki uchrashuvida Londonning “Arsenal” klubi “Lion” bilan bellashdi.
Bellashuv davomida “to‘pchilar” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyangning 35-daqiqada urgan goliga fransuzlar Mussa Dembelening dubli (66, 75) bilan javob qaytardi.
Shu tariqa “Arsenal” “Lion”ga qarshi kechgan bahsga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” klubi esa Karlo Anchelotti boshliq “Napoli”ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvda “Napoli” vakillari Lorenso Insinye (17), Arkadiush Milik (28), Amin Yunus (52) tomonidan urilgan gollar neapolliklarga “Liverpul” ustidan yirik hisobdagi g‘alabani ta’minladi (3:0).
O‘rtoqlik uchrashuvlari
28-iyul, yakshanba
“Arsenal”—“Lion” 1:2
Gollar: 1:0 — 35 Obameyang, 1:1 — 66 Dembele, 1:2 — 75 Dembele“Liverpul”—“Napoli” 0:3
Gollar: 0:1 — 17 Insinye, 0:2 — 28 Milik, 0:3 — 52 YunusYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)