“Barselona” rahbariyati klub yetakchisi Lionel Messiga faoliyati yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma taklif qilmoqchi, deya xabar beradi Mundo Deportivo.
32 yoshli argentinalikning Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning yozigacha amal qiladi. Shartnomaga ko‘ra, tomonlar kelishuvni yana bir yilga uzaytirishi mumkin, biroq “ko‘k-anorranglilar” Messi futbolchilik faoliyatini aynan “Barselona”da yakunlashini xohlamoqda.
Leo bir necha bor Kataloniya klubida o‘ynashga tayyorligi hamda futbolchilik faoliyatini aynan “Barselona”da yakunlashini ta’kidlab o‘tgandi.
Avvalroq kataloniyaliklar Messiga 2023-yilgacha bo‘lgan shartnoma taklif qilishi haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Messi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ortda qolgan mavsum Ispaniya milliy chempionatida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 36 ta golga mualliflik qildi va 13 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)