O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tunis Respublikasi Xalq vakillari Assambleyasi raisi Muhammad Nosirga va mamlakat xalqiga Prezident Al-Bojiy Qoid as-Sibsiy vafot etgani munosabat bilan ta’ziya yo‘lladi, deb ma'lum qiladi O‘zbekiston Respubikasi Prezidenti Matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Tunis prezidenti Muhammad al-Bojiy Qoid as-Sibsiy 25-iyul kuni 92 yoshida mamlakat poytaxtidagi harbiy gospitalda vafot etdi.
Izoh (0)