“Real” yarim himoyachisi Dani Sebalyos yangi mavsumni “Arsenal” tarkibida ijara asosida o‘tkazadi. Bu haqda London klubining rasmiy saytida e’lon qilindi.
22 yoshli futbolchi “to‘pchilar” safida bir yil to‘p suradi va u 8-raqam ostida harakatlanadi.
“Danining bizga qo‘shilganidan xursandmiz. U iqtidorli, ajoyib texnikaga ega foydali o‘yinchi”, — dedi “kanonirlar” bosh murabbiyi Unai Emeri.
Eslatib o‘tamiz, “Real” Sebalyosni 2017-yilda “Betis”dan 16,5 million yevro evaziga sotib olgandi. Ortda qolgan mavsum u La Ligada 23 ta uchrashuvda (13 tasida asosiy tarkibda) maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
Uning “Qirollik klubi” bilan tuzgan shartnomasi 2023-yilning yoziga qadar amal qiladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)