Sobiq erkin kurashchi, hozirda Rossiya dumasi deputati Artur Taymazov Xalqaro olimpiya qo‘mitasining 2012-yilgi London Olimpiadasidagi oltin medalidan mahrum etish borasidagi qaroriga munosabat bildirdi.
Avvalroq doping tahlilni qayta ko‘rib chiqish natijasida sportchining qonidan taqiqlangan turinabol moddasi topilgani haqida xabar berilgandi. 2017-yilda ham Taymazovning qonidan turinabol hamda stanozolol taqiqlangan moddalari topilgani sabab 2008-yilgi Pekin Olimpiadasidagi oltin medali bekor qilingandi.
Endilikda Artur Taymazovning hisobida 2000-yilgi Sidney Olimpiadasidagi kumush hamda 2004-yilgi Afina Olimpiadasidagi oltin medallar qoldi.
Oxir-oqibat shunday bo‘lishini bilgandim. Men uchun eng asosiysi uch karra Olimpiada chempioni bo‘lib qolish. Sportdagi faoliyatimni kuzatganlar mazkur g‘alabalarga erishishimda qanday qiyinchiliklarga duch kelganimni yaxshi biladi.Xalqaro musobaqalarda Taymazov O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qildi.Buni kutgandim, shuning uchun juda xotirjam gapirayotgan bo‘lishim mumkin… O‘z oldimga uch karra champion bo‘lish maqsadini qo‘ygandim. Allohga shukr, xalqimning duosi bilan o‘z maqsadlarimga erishdim. Men ulardan minnatdorman va meni qo‘llab-quvvatlaganlarning barchasiga katta rahmat aytaman.
Ular (XOQ) ushbu qarorlari bilan olimpiya harakatini yo‘q qilmoqda, uni siyosiylashtirishmoqda… Sport — bu alohida tarix”, — deydi Taymazov.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)