Bojxona organlari mamlakat chegaralari orqali giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning olib o‘tilishi ustidan bevosita nazoratni amalga oshiradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi rasmiy veb-saytida ma’lum qilinadi.
21-iyul kuni Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan respublikaga olib kirilishi taqiqlangan kimyoviy prekursor o‘z vaqtida to‘xtatib qolindi.
Unda xorijdan mamlakatga kirib kelayotgan yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, mazkur avtoulov kabinasining ichki qismida 30 litrlik yelim idishda o‘tkir hidli, rangsiz suyuq modda borligi aniqlandi.
Olib borilgan tekshiruvlar natijasida mazkur ashyoviy dalilning xlorid kislotasi ekanligi o‘z isbotini topdi.
Ayni vaqtda holat yuzasidan tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)