Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda bo‘lib o‘tgan karate bo‘yicha Osiyo chempionatining so‘nggi kunida jamoaviy kumite bahslarida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Foto: MOQ

Foto: MOQ

Dastlab Janubiy Koreya va Quvayt termalarini mag‘lub etgan o‘zbekistonlik karatechilar yarim finalda Saudiya Arabistoni vakillariga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa O‘zbekiston terma jamoasi iordaniyalik karatechilar ustidan 3:2 hisobida ustun keldi.

Shu tariqa terma jamoa mazkur Osiyo chempionatini 7 ta medal bilan yakunladi. Eslatib o‘tamiz, yakkalik bellashuvlarida o‘zbekistonlik karatechilar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga egalik qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
“Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida
Dunyo
“Ekologik ofat”: Kaxovka GES portlashining beshta dahshatli oqibati
Dunyo
Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda