Rossiyalik aktrisa Inna Churikova spektakl vaqtida sahnadan yiqilib tushdi va Moskvadagi kasalxonalardan biriga yuborildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: Woman.ru

Voqea “Russkaya pesnya” teatrida “Qari qiz” spektaklini ijro etayotgan paytda ro‘y bergan. Oqibatda aktrisa ikki qovurg‘asini sindirgan bo‘lib, hozir u og‘ir ahvolda.