Havo haroratining keskin isib ketishi avtomobil yo‘llarida ham ehtiyotkorlikni talab qilmoqda. Shu bois, Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari yo‘llarda turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha kerakli chora-tadbirlarni ko‘rmoqda, bu haqda O‘zA xabar qiladi.
Toshkent viloyatini vodiy viloyatlari bilan bog‘lovchi “Qamchiq” dovonida joylashgan “Chinor”, Bekobod yo‘nalishida joylashgan “Oybek” muntazam YPX maskanlari, Olmaliq — Ohangaron chorrahasi hamda M39 xalqaro avtomobil yo‘lining Yangiyo‘l tumani hududida barcha zarur dori-darmon va kerakli jihozlar bilan ta’minlangan shifokorlar tez yordam mashinasi bilan navbatchilik qilmoqda. Tabiiyki, ularga YPX xodimlari doimiy ko‘mak berib turibdi.
YPX xodimlari haydovchilar bilan suhbat jarayonida yo‘lda harakatlanishda ob-havo sharoitini inobatga olish, zarurat bo‘lmaganda, kunning issiq vaqtida transport boshqarishdan tiyilish kabi tavsiyalar berib, agar fuqarolar o‘zlarini yomon his qilsa shifokorlar ko‘rigidan o‘tishi mumkinligini tushuntirmoqda.
Izoh (0)