17-iyul, chorshanba kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasining navbatdan tashqari IX konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, konferensiya kun tartibidagi asosiy masala federatsiyaga yangi rais va uning birinchi o‘rinbosarini saylashdan iborat bo‘lgan. Federatsiya raisligiga Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Oybek Norinboyev nomzodi taklif qilingan. Konferensiya ishtirokchilari ushbu nomzodni bir ovozdan qo‘llab quvvatlagan. Natijada Oybek Norinboyev O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi raisiga aylangan.
Raisning birinchi o‘rinbosari lavozimiga esa Ichki ishlar vazirining turizm va transport obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari Doniyor Qodirov saylangan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)