Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida 17-iyul, chorshanba kuni Jahon Chempionati—2022 hamda Osiyo kubogi—2023 musobaqalari ikkinchi saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichining “D” guruhidan o‘rin oldi. Guruhda terma jamoaga Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov qur’a natijalari xususida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Guruhimizdan o‘rin olgan terma jamoalar orasida kuchsizlari yo‘q, deb o‘ylayman. Hamma o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun harakat qiladi. Barcha o‘z mamlakati sha’ni uchun o‘ynaydi. Bu esa o‘yinlar oson o‘tmasligini anglatadi. Lekin barchasi o‘zimizga bog‘liq. Agarda har bir o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rsak, har qanday raqibni mag‘lub etishga kuchimiz yetadi. Nasib etsa, ushbu saralash bosqichi yakunida guruhda 1-o‘rinni olishga harakat qilamiz.Eldor Shomurodov, O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)