Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Saudiya Arabistonining Madina shahridan kelgan Abdulbosit Abdulhodiy Andijonda tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha istiqbolli loyihani taqdim etdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

— Arablarning milliy kiyimlari Xitoyda ishlab chiqariladi, — deydi investor. — Lekin O‘zbekistonda yetishtirilgan paxta xom ashyosi sifatliligi bilan ajralib turadi. Shu sababli Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Qo‘rg‘on gruk” MChJ bilan hamkorlikda arablar milliy kiyimlarini tayyorlashni rejalashtirdik. Buning uchun Andijonda barcha sharoit bor.

Loyiha amalga oshirilgach, dastlab 100 ta ish o‘rni yaratiladi. Bu esa “Qo‘rg‘on gruk”ning ishlab chiqarish sur’ati uch barobar ortishiga sabab bo‘ladi. Hamkorlikdagi rejalar ijobati natijasida qo‘rg‘ontepalik chevarlar tomonidan tikilgan mahsulotlar “Al Andijoniy” brendi ostida dunyo bozoriga kirib boradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank