Marg‘ilon shahrida kollej xodimlari xonadonlari snosga tushgan fuqarolarning uyini buzyapti. Ulardan biri buning isboti sifatida “Human.uz” nashriga videolavha yuborgan.
Videoda “Qayerda ishlaysizlar?” degan savolga xodimlardan biri “Milliy xunarmandchilik kolleji”, biri “II-tibbiyot kolleji”, boshqasi “Bank kollejida” deb javob beradi.
Tom qismini buzayotgan erkaklarga ham xuddi shunday savol berilganida “Maishiy xizmati ko‘rsatish kolleji”, “Iqtisodiyot kolleji” degan javoblar yangraydi.
“Ayni paytda mehnat ta’tilida bo‘lishi kerak bo‘lgan o‘qituvchilar shahardagi uy-joylar buzilishiga jalb qilingani achinarli hol. Marg‘ilondagi kollejlar xodimlari yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikni 38-40 daraja issiq ostida, chang-to‘zonlarga to‘la qurilish maydonlarida olib bormoqda”, deya yozadi nashr.
Izoh (0)