“Borussiya Dortmund” himoyachisi Abdu Diallo faoliyatini PSJda davom ettiradi. Bu haqda Parij klubining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Parijliklar 23 yoshli o‘yinchi bilan 2024-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzoladi. Diallo PSJda 22-raqam ostida to‘p suradi.
Ma’lum bo‘lishicha, Parij klubi futbolchining transferi uchun 32 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.
Diallo 2018/19-yilgi mavsum Bundesligada 28 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol urdi hamda 1 ta golli uzatma berishga erishdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)