Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida Turkiyaning “Idealist” shaharsozlik, me’morchilik va muhandislik kompaniyasi tomonidan zamonaviy sayyohlik markazi barpo etiladi, deb xabar qiladi “Xalq so‘zi Online”.
Loyihaga ko‘ra, Boysun tumanining Omonxona qishlog‘idan Zovboshi tog‘li hududigacha bo‘lgan hududda an’anaviy qishloq hayotini aks ettiruvchi madaniy, tibbiy va tabiat turizmi markazlari yaratiladi. Xususan, madaniy turizm markazida yirik madaniyat markazi, amaliy san’at va hunarmandchilik ustaxonalari, o‘tovlar majmuasi, oynali ayvonlar, avtoturargoh va boshqa xizmat ko‘rsatish obyektlari barpo etilsa, tabiat turizmi markazida mehmonxona, savdo shoxobchalari, tibbiy muassasa, villa hamda eko bog‘lar joylashtiriladi. Tibbiy turizm markazida tog‘-dor yo‘li bekati, maxsus maydonlar, masjid va mehmonxonalar qurilishi ko‘zda tutilgan.
Har uchala turizm markazlari tog‘-dor yo‘li orqali o‘zaro bog‘lanib, piyoda sayr qilish yo‘lagi, erkin tog‘ velomarshrutlari ham tashkil etiladi.
Loyiha 20 yil davomida 4 bosqichda amalga oshirilishi belgilangan.
Izoh (0)