Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qo‘qon shahrida o‘rnatilayotgan o‘zbek va ingliz tilidagi belgilar Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida va undan keyin ham keladigan sayyohlarga qulay shart-sharoitlar yaratish va shahar tarixiy obidalariga sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirishga xizmat qiladi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar qiladi.

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Ko‘chalarda joylashgan turistik va muhim infrastruktura obyektlari xususida ma’lumot beruvchi bunday belgilar asosan turizm shaharlariga xos. Turizmni rivojlantirishdagi asosiy vazifalardan biri bu – sayyohlarga turizm obyektlarining joylashuvi va ularga olib boruvchi marshrutlar xususida aniq ma’lumot yetkazishdir.

Festivalga qadar 200 dan ortiq turizm navigatsiyasi belgilari Qo‘qon shahrining Istiqlol , Charxiy, Turon ko‘chalari, Ozodlik, O‘rda xiyobonlari kabi barcha ko‘cha va mahallalariga o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Xususan, markaziy bozor hududidagi savdo do‘konlari egalari bilan festivalning mohiyati, unga keladigan mehmonlarni munosib kutib olish maqsadida binolarni chiroyli ko‘rinishga keltirish, ta’mirlashda shaharsozlik normalariga rioya qilish, turizm shaharlariga mos bo‘lgan travertin kabi tabiiy qurilish materiallaridan foydalanish yuzasidan shahar hokimligi va bozor ma’muriyati vakillari tushuntirish ishlari olib bormoqda.

Hozirda bozorning markaziy darvozasi milliy uslubda ta’mirlanyapti. Non mahsulotlari milliy rastasining tomidagi metall qoplamalar yangidan bo‘yalyapti. Non rastasida savdo qiladiganlarning barchasi milliy matolardan tikilgan kiyimlarda, sanitariya qoidalariga amal qilgan holda savdo qilmoqda.

Bozorning barcha sanitariya tizimlarining fasad va ichki qismlari ta’mirlanib, yangi santexnika o‘rnatilmoqda. Bozor rastalari yonida eski ichimlik suvi favvorachalari o‘rniga yangilari barpo etilib, milliy uslubda bezatilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi