Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hunarmandlar sulolasining oltinchi avlodi bo‘lgan Sharif Raupov G‘uzor tumanidagi Chaqar mahallasida istiqomat qiladi. Endigina 26 yoshni qarshi olgan bo‘lsada, o‘zbek milliy zargarlik san’ati rivoji uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda, deya xabar beradi O‘zA.

Foto: YouTube

Foto: YouTube

Ayni kunda Sharifjon O‘zbekistondan olib ketilgan nodir zargarlik buyumlarining nusxalarini qayta tiklayapti. Masalan, “Jevak” deb ataluvchi taqinchoqning asl nusxasi Sank-Peterburgdagi Ermitaj muzeyida saqlanmoqda. Unga kumush, asl marjon, marvarid kabi qimmatbaho toshlar bilan zeb berilgan.

— Ikki yildan buyon Amir Temur bobomizning uzugini tiklayapman, — deydi Sh.Raupov. — Sarkardaning uzugi juda noyob bo‘lgan. Uning ustida Temuriylar saltanatining muhri bo‘lgan. Mustaqillik bayramigacha tayyor bo‘ladi nasib etsa. Asli esa Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi muzeyda saqlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Rasman: Domeniko Tedesko — Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi 
Mahalliy
O‘zbekistondagi uylar zilzilaga bardoshliligiga kim kafolat beradi? Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi aniqlik kiritdi
Madaniyat
“Professional raqqosa bo‘ladi, deb o‘ylamaganmiz”. Parizodaning onasi uning bolalikdagi kasalligi tufayli raqsga bergani haqida (video)