16-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:45 da O‘zbekistonning bir qator nuqtalarida zilzila kuzatildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, yer silkinishi Toshkentdan 209 km janubi-sharqiy yo‘nalishda, Qirg‘iziston hududida sodir bo‘lgan. Zilzila magnitudasi 4,5 ga teng bo‘lgan. Uning o‘chog‘i 30 km chuqurlikda joylashgan.
Toshkent, Namangan va Andijonda zilzila kuchi 2 ballga, Farg‘onada 3 ballga teng bo‘lgan.
Izoh (0)