O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2019-yil 1-iyul holatiga xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil qilingan korxonalar to‘g‘risida tahliliy ma’lumot tayyorladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi veb-saytida xabar qilinadi.
O‘zbekistonda 2019-yilda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 1 715 ta tashkil etdi. Bu 2018-yilning mos davri bilan solishtirilganda salkam ikki baravar ortiq ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Reytingda yetakchilikni Xitoy egalladi, uning investitsiyasi ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 289 tani tashkil qildi. Ikkinchi o‘rinda Rossiya (251 ta korxona), uchinchi o‘rinda esa Turkiya (231 ta korxona).
Rossiya biznesi shu yilda O‘zbekistonda sanoat korxonalari (30,7%), savdo-sotiq (29,2 %), qurilish (11,4%), qishloq xo‘jaligi (8%) sohalarida yangi korxonalar tashkil qildi.
2019-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida 9 014 ta korxona faoliyat ko‘rsatgan. Ulardan 1 631 tasi Rossiya investitsiyasi ishtirokida tuzilgan korxonalar.
Izoh (0)