La Liga klublari joriy mavsum transferlar rekordini yangiladi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Ispaniyaning yuqori divizioni vakillari futbolchilar sotib olishga qariyb 1 milliard 24 million yevro sarfladi. Bu borada Madridning “Real” klubi yetakchilik qilmoqda. Klub 303 million yevro evaziga yangi futbolchilarni sotib oldi.
O‘tgan transferlar oynasida ispan klublari yangi futbolchilar uchun 808 million yevro sarflagandi. Mazkur summa har yili o‘rtacha 200 million yevroga o‘smoqda. Ammo joriy yil yozgi transferlar vaqtida bu rekord (o‘rtacha o‘sish) ham yangilanishi mumkin. Jamoalarda yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolashi uchun yana bir yarim oy muddat bor.
“Barselona” bu borada 2-o‘rinni egallab turibdi. Kataloniyaliklar transferlar uchun 221 million yevro sarfladi. “Atletiko” esa 206,5 million bilan 3-pog‘onani band qilib turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)