13-iyul kuni taxminan soat 09:30 da Uchtepa tumani, Katta Xirmontepa ko‘chasida Spark haydovchisi, 27 yoshli Abduhoshim X. piyodani urib yubordi. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Gazeta.uz”

YTH oqibatida 40-45 yosh atrofidagi erkakga tan jarohati yetgan bo‘lib, u shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.

Toshkent IIBBga ko‘ra, “piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan bo‘lgan va yo‘lga qaramagan”.