Italiyaning Neapol shahrida o‘tkazilayotgan Universiada—2019 muobaqasida o‘zbekistonlik taekvondochi Niyoz Po‘latov kumush medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
-63 kg vazn toifasida ishtirok etgan Niyoz dastlabki janglarda Xorvatiya, Italiya va Turkiya vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi va yarim finalda xitoylik Vu Yichaodan ustun keldi.
Final bahsida eronlik Soroush Ahmadga qarshi dayanga chiqqan Po‘latovga biroz omad yetishmadi. Final jangining asosiy vaqtida 10:10 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan vaqtda 2:0 hisobida eronlik taekvondochi ustunlik qildi.
O‘zbekiston delegatsiyasiga yozgi Universiadagi beshinchi medalni Niyoz Po‘latov taqdim etdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)