10-iyul kuni soat taxminan 11:30 atrofida Samarqand shahar So‘g‘diyona masssivi Al-Buxoriy mahallasida qurilayotgan “Yoshlar mehnat guzari” binosining 3-qavatdagi beton plitalari qulab tushgan. 3-qavatdagi plitalarning qulashi natijasida ikkinchi va binoning pastki (yerto‘la) qismidagi plitalar ham yorilib qulagan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Ma’lumotlarga ko‘ra, Narpay ko‘chasida joylashgan 51-uyning oldida qurilayotgan 3 qavatli binoning plitasi qulash natijasida hech kimga zarar yetmagan. Mahalliy aholining ta’kidlashicha, bino 5 qavatga mo‘ljallangan. Yangi qurilayotgan binoning 5 ta beton plitasi qulab tushgan bo‘lib bitta plitada yoriqlar paydo bo‘lgan.

Foto: “Daryo”

“Tong” uy-joy shirkati raisi Husniddin Jumayevning ta’kidlashicha, ushbu bino chiqindixona o‘rnida qurilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”