• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    UzAuto Motors O‘zbekistonda yangi avtomobil zavodlarining tashkil etilishiga raqobatbardosh bo‘la oladimi?

    UzAnalytics GM Uzbekistan (endilikda UzAuto Motors) kompaniyasiga haqida “O‘zbekiston avtosanoati raqobatbardosh bo‘la oladimi?” nomli tahliliy maqola chop etdi. Unda kompaniyaning hozirgi holati, unga bildirilayotgan asosiy e’tirozlar va O‘zbekistonda yangi avtomobil zavodlarining tashkil etilishiga raqobatbardosh bo‘la olish masalalari yoritilgan. Quyida maqola to‘lig‘icha havola etildi.

    Foto: Livejournal

    Foto: Livejournal

    So‘nggi bir necha yilda O‘zbekiston avtosanoatida yuzaga kelgan holat ham jamoatchilik, ham davlat rahbari tomonidan tanqid ostiga olinmoqda. Tarmoqdagi yirik korxona bo‘lmish GM Uzbekistan (endilikda UzAuto Motors) kompaniyasiga bildirilayotgan asosiy e’tirozlar — rivojlanish sur’atining pastligi va raqobatbardosh avtomobillar ishlab chiqara olmasligidir. Taxminan 20 yilcha avval, respublikaga yengil avtomobillarni olib kirish uchun yuqori import bojlari va aksiz soliqlari belgilangan edi. Bu proteksionistik choralar mahalliy avtomashina ishlab chiqaruvchi korxonalarga ichki bozorda monopol holatni ta’minlab berdi. Biroq bu ularning samaradorlikni oshirish va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishlariga yordam bera olmadi. Buning o‘rniga avtosanoatda turli “kasalliklar” avj oldi. O‘tgan yilning 26-iyunida davlat rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishlardan birida Prezident tarmoq korxonalarining barcha boshqaruv tizimlarida korrupsiya, poraxo‘rlik va oshna-og‘aynigarchilik kabi illatlarning ildiz otganini keskin tanqid qildi. Ushbu yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev mamlakat avtomobilsozlik tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasini belgiladi.

    Salkam bir yil o‘tib, joriy yilning 7-iyun kuni “O‘zavtosanoat” AJ O‘zbekiston avtomobil sanoatini rivojlantirish strategiyasi taqdimotini o‘tkazdi. Iyun oyining oxirida esa iqtisodiyot va sanoat vazirligi “2025-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasini keng jamoatchilik e’tiboriga havola qildi.

    UzAnalytics sayti mazkur tarmoqning hozirgi holati, undagi asosiy muammolar va O‘zbekiston avtosanoatini rivojlantirish konsepsiyasining asosiy jihatlari haqidagi tahlilni e’tiboringizga havola etadi.

    Tarmoqning hozirgi holati

    1992-yilda respublikaning birinchi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan “O‘zDEUavto” qo‘shma korxonasi o‘zbek avtosanoatiga asos soldi. Keyingi 26 yil davomida avtomobil sanoatining mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni YaIMning 6,6%ni tashkil etadigan darajagacha o‘sdi.

    Foto: Uzanalytics

    Foto: Uzanalytics

    Avtomobil sanoatida band bo‘lgan qariyb o‘ttiz ming nafarga yaqin xodimdan tashqari, avtomobilsozlik, metallurgiya, kimyo, elektr texnikasi kabi boshqa tarmoqlarning mahsulotlariga talabni yuzaga keltirgan holda ushbu tarmoqlarda ham ish o‘rinlari yaratildi. Iqtisodiyot va sanoat vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, respublika avtosanoati boshqa tarmoqlarda ham 200 000 nafardan ortiq kishini ish o‘rinlari bilan ta’minlaydi. Agarda respublikada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasida yuqori sur’atlarga chiqqanida bu raqamlar yanada salmoqli bo‘lishi mumkin edi. Hozirgi kunda bu ko‘rsatkich faqat yengil avtomashina ishlab chiqarishda 50 foizga yaqinroq, ya’ni, 42 foizni tashkil etmoqda. Qolgan hollarda, avtobuslar va yuk mashinalarini ishlab chiqarishda bu ko‘rsatkich 15 foizdan oshmaydi.

    O‘zbekistonda avtomobilsozlik tashkil etilganidan buyon ushbu tarmoqqa muhim imtiyozlar berildi va tarmoqni qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi. Proteksionistik choralar (iqtisodni chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida yuritiladigan iqtisodiy siyosat), ya’ni respublikaga chet el avtomashinalarini olib kirganlik uchun yuqori bojlar va aksiz soliqlarining o‘rnatilishi — ushbu tarmoq uchun eng asosiy imtiyoz hisoblanadi. Bundan tashqari, avtotransport ishlab chiqaruvchilar butlovchi qismlarni import qilishda QQS (qo‘shimcha qiymat solig‘i) bo‘yicha ham imtiyozlarga ega edilar.

    Foto: Uzanalytics

    Foto: Uzanalytics

    Biroq yuqori miqdordagi bojlar barcha import qilinadigan mashinalarga nisbatan ham qo‘llanilmaydi. Rossiya, Qozog‘iston yoki Ukrainada ishlab chiqariladigan va ushbu mamlakatlardan olib kiriladigan yangi avtomobillarga avtomobil narxining 2 foizli imtiyozli aksiz solig‘i begilangan va ularga nisbatan bojxona boji undirilmaydi. Ushbu imtiyozlarni qo‘llash uchun mazkur avtomobilning ishlab chiqarilishi 50 foizdan ortiq mahalliylashtirilgan hamda uni yig‘ish to‘la sikl bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, avtomobil erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan mamlakatda ishlab chiqarilgan bo‘lsa, unga nisbatan ham bojxona boji undirilmaydi. O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Ukraina bilan ana shunday shartnomani imzolagan.

    Avtomashinalarni muayyan mamlakatlardan import qilishda imtiyozlar mavjudligiga qaramay, mahalliy avtosanoat ichki bozorda deyarli monopol hisoblanadi. Tarmoqda ishlab chiqariladigan avtomobillar, yuk mashinalari va avtobuslarning aksariyat qismi mamlakatning ichki bozorida sotiladi. Avtomobil sanoatining 25 yillik rivojlanish davrida ushbu tarmoq respublika eksportida muhim rol egallay olmadi.

    Foto: Uzanalytics

    Foto: Uzanalytics

    2014-yildan 2017-yilga qadar yengil avtomobillarni import qilish hajmi yiliga 100 million AQSh dollaridan 200 million AQSh dollarigacha o‘zgarib turgan. Biroq, 2018-yilda yengil avtomashinalarning import hajmi 319 million AQSh dollarigacha keskin oshdi. Ayni paytda o‘tgan yilda yengil avtomobillarni eksport qilish esa qariyb 5 baravarga kamaygan va 29,3 million AQSh dollarini tashkil etdi.

    Bundan tashqari, avtomobillar eksport qilinganida ular ichki bozorda sotiladigan narxdan ancha arzonga sotildi. Ushbu strategiya ehtimol, boshqa mamlakatlar ichki bozorida o‘zbek avtosanoatining o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun qo‘llangan bo‘lishi ham mumkin. Biroq amaliyot shuni ko‘rsatdiki, bu strategiya xorijiy mamlakatlar bozorida o‘zbek avtosanoatining o‘z ulushiga ega bo‘lishiga yordam bermadi, aksincha, eksport faoliyatining zarariga ishlashiga olib keldi, xolos. Konsepsiyada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ichki bozorda sotilayotgan va eksport uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar o‘zining texnik darajasi, xavfsizligi, ekologik jihati va iste’molchilar uchun qulayligi bo‘yicha bir-biridan ancha farq qiladi. Oxir oqibatda, bu kabi strategiya respublika avtosanoati korxonalari rentabelligining keskin pasayishiga olib keldi.

    Avtomobilsozlik tarmog‘ini qay tarzda rivojlantirish taklif etilmoqda?

    O‘zbekiston avtomobil sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi 2025-yilgacha erishish rejalashtirilayotgan qator maqsadlarni belgilaydi. Ushbu maqsadlar ishlab chiqarish va eksport qilish hajmini, mahalliylashtirish darajasini oshirish va tarmoqda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishni o‘z ichiga qamrab oladi.

    Foto: Uzanalytics

    Foto: Uzanalytics

    Biroq joriy yilning 8-iyulida davlat rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Prezident o‘zbek avtosanoati uchun maqsadli parametrlarni yanada oshirdi. Mamlakat rahbari 2023-yilda yillik ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha oshirish hamda eksport hajmini yiliga 100 ming donagacha yetkazish vazifasini qo‘ydi. Faraz qilaylik, avtomobilning o‘rtacha eksport narxi 10 000 AQSh dollarini tashkil etsa, bu — yiliga avtosanoat orqali qariyb 1 milliard AQSh dollari eksport tushumi, deganidir.

    Belgilangan maqsadlarga erishish uchun qator chora-tadbirlar va mexanizmlarni amalga oshirish taklif etildi. Ularning asosiylari quyidagilardir:

    1. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish va uning iste’mol xususiyatlarini takomillashtirish maqsadida quyidagi loyihalar amalda tadbiq etiladi:
    • avtomobillar dizaynini o‘zgartirish, ommaviy ishlab chiqarish uchun o‘ziga xos komponentlarni ishlab chiqishga doir;
    • yangi turdagi hamyonbop yengil avtomobillarni ishlab chiqarish hisobiga avtomobillar rusumlarini yangilashga doir;
    • texnologik uskunalashni loyihalash va ishlab chiqish, tajriba-sinovlar o‘tkazish, ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilishni joriy etishga doir;
    • avtosanoat mahsulotlarining mahalliy texnik standartlarini xalqaro standartlar va talablarga yaqinlashtirish.
    1. Mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish uchun mahalliy korxonalarda po‘lat prokati, avtomobil shinalari, ikkilamchi alyuminiydan alyuminiy detallari va boshqa materiallarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish.
    2. Eksport-import operatsiyalarini tartibga solish siyosatida mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tarif tartibidan notarif choralariga bosqichma-bosqich o‘tish ko‘zda tutilgan. Bu avtomobilni import qilishda yuqori bojxona to‘lovlaridan notarif choralarga bosqichma-bosqich o‘tish deganidir.
    3. MDH mamlakatlari va yaqin davlatlarga eksport hajmini oshirish bilan birga, Sharqiy Yevropa, Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarining bozorlarini ham o‘zlashtirish.
    4. “O‘zavtosanoat” AJ davlat kompaniyasining ishlab chiqarish korxonalardagi ulushini xususiy sarmoyadorlar, asosan xorijiy investorlarga bosqichma-bosqich sotish.
    5. Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkillashtirish va respublika hududidagi iste’molchilar o‘rtasida ularni keng ommalashtirish bo‘yicha zarur infratuzilmani yaratish.
    6. Ichki bozorda savdoni yanada rivojlantirish uchun avtomobillar va avtomobillar komponentlarini sotish jarayonida “yagona darcha” tizimini joriy etish. Bu tizim mijozga avtokredit, avtomobilni sug‘urta qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, avtomobil uchun davlat raqamini olish, “treyd-in” xizmati va boshqa xizmat turlaridan foydalanishni sodda tartibda rasmiylashtirish imkonini ko‘zda tutadi.
    O‘zbekistonda yangi avtomobil zavodlarining tashkil etilishi

    OAVda O‘zbekistonda turli avtotransport vositalarini ishlab chiqaradigan yangi zavodlar (har xil xalqaro brendlar)ni tashkil etish rejalashtirilayotgani haqidagi ma’lumotlar chiqib turadi. Ko‘p hollarda bu yuk mashinalari, mototsikllar yoki mopedlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq yangiliklardir. Yengil avtomobillarni ishlab chiqaruvchi boshqa brendlar hali O‘zbekistonga kirib kelganicha yo‘q.

    O‘zbekistonda 2019—2020-yillarda Amarok pikaplarini ishlab chiqarishni rejalashtirgan Germaniyaning Volkswagen konserni hali ushbu loyihani amalga oshirishga kirishmadi. Fransiyaning Peugeot Citroen Automobiles S.A. konserni “dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha ayrim kutilmagan o‘zgarishlar sababli” Jizzax viloyatida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishni to‘xtatdi.

    Farg‘ona viloyati “Qo‘qon” EIZ (erkin iqtisodiy zonasi) hududida Hyundai elektromobillarini ishlab chiqarish – bugungi kunda amalga oshirilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan loyihalardan bo‘lib turibdi. Loyihaning qiymati 300 million AQSh dollaridan iborat bo‘lib, dastlabki elektromobillarni 2023-yilning oxirida ishlab chiqarish kutilmoqda. Yiliga 10 ming dona elektromobil ishlab chiqarish quvvatiga ega zavodning qurilish ishlari 2021-yilda boshlanadi. Loyihada Janubiy Koreyaning Hyundai, Evergreen Motors kompaniyalari (Kia va Hyundai ning MDHdagi rasmiy distribyutorlari), O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimiyati ishtirok etmoqda. Mazkur loyiha amalga oshirilsa 1 000 ta ish o‘rni yaratiladi. Biroq, elektromobillar avtomobil bozorining alohida sektori hisoblanadi. O‘zbekistonda elektromobillar bozorini rivojlantirish va ularni ommaviy sotilishi uchun tegishli infratuzilma zarur. Respublikada avtosanoatni rivojlantirish konsepsiyasi 2025-yilgacha ana shunday infratuzilma yaratilishini ko‘zda tutadi.

    12.07.2019, 11:56   Izoh (0)   26009
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    SSV: Sirdaryoda avtobus ag‘darildi. Jabrlanganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda

    12.07.2019, 11:55

    Surxondaryoda 23 yoshli yigit mast holda amakisini pichoqladi

    12.07.2019, 11:02

    O‘zbekistonda rektorlar kontrakt qiymatini belgilash va to‘lovlarni amalga oshirish muddatini uzaytirish huquqini qo‘lga kiritadi

    12.07.2019, 10:40

    Marg‘ilonda “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivali boshlandi

    12.07.2019, 10:27

    Toshkentda o‘zaro janjal oqibatida bir kishi pichoqlandi

    12.07.2019, 10:12

    Samarqanddagi qator tarixiy majmualarning rahbarlari lavozimiga noloyiq deb topildi va ogohlantirildi

    12.07.2019, 08:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.