Fors ko‘rfazida Eron armiyasining beshta kateri Britaniya tankerini qo‘lga olishga urindi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.

Foto: EPA

Ma’lum bo‘lishicha, Eron katerlari Fors ko‘rfazidan Ho‘rmuz bo‘g‘oziga chiqayotgan Britaniya tankeriga yo‘nalishini o‘zgartirib, Eron hududiy suvlarida to‘xtashni talab qilgan. Shundan so‘ng Qirollik flotiga hamrohlik qilgan HMS Montrose fregati Eron kemalariga qurolni shaylab, chekinishni talab qilgan va Eron kemalari unga bo‘ysungan.

Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, AQShda voqea aks etgan videolavha bor bo‘lib, u ko‘rfaz tepasidan uchayotgan samolyot bortidan tasvirga olingan. Ammo bu videotasvir jurnalistlarga taqdim etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Eron va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar may va iyun oyida Fors ko‘rfazidagi ikki tankerga hujum qilinganidan so‘ng yomonlashgan. Amerika hukumati bunda Tehronni ayblamoqda.