Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Xabi Alonso “Real Sosyedad B” jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi. Bu haqda klubning Twitter’dagi rasmiy sahifasi xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Alonso prosfessional karyerasini aynan San-Sebastyan klubida boshlagandi. U 1999-yildan 2004-yilga qadar “Sosyedad” safida salkam 100 ta uchrashuv o‘tkazdi, shundan so‘ng faoliyatini “Eybar”da davom ettirdi.
Bundan tashqari yarim himoyachi “Liverpul”, “Real Madrid” hamda “Bavariya” klublarida ham to‘p surdi.
Xabi Alonso terma jamoa bilan birgalikda ikki bor Yevropa va bir marta Jahon chempioniga aylandi. Shu bilan birga u ikki marotaba Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘ldi. Alonso karyerasi davomida umumiy hisobda 18 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik 2018/19-yilgi mavsum “Real Madrid”ning yoshlar jamoasini boshqargandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)