O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov tomonidan yozilgan “Tafsiri Irfon” nomli Qur’on oyatlarining o‘zbekcha tarjima va tafsiri to‘liq 30 juzi eng sifatli shaklda 6 kitob qilib nashr etildi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: O‘zbekiston Musulmonlar idorasi matbuot xizmati

“Unda oyatlar ma’nosi zamondosh o‘quvchilarimizga iloji boricha tushunarli, sodda va ravon bo‘lishiga harakat qilindi. Bunda oyatlar tarjimasida qavs ichidagi izohlardan iloji boricha voz kechildi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, oyatlarni tafsir qilishda o‘tmishdagi va hozirdagi ulug‘ mufassirlar tafsirlaridan keng istifoda qilish bilan bir qatorda zamonaviy fan-texnika yutuqlari va kashfiyotlari bayon etilgan ilmiy kitoblardan ham foydalanilgani ta’kidlangandi.