O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Professional futbol ligasi Superliga futbol klublari uchun taqvimda yengillik yaratish maqsadida bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi, deya xabar beradi PFL rasmiy sayti.

Foto: PFL

Bunda mamlakat milliy hamda olimpiya terma jamoalari murabbiylar shtabining rejalari hamda Superligasi futbol klublarining chempionatdagi ishtiroklari inobatga olingan.

Mavsum 30-noyabr kuni o‘tkaziladigan Liga Kubogining final uchrashuvi bilan o‘z yakuniga yetadi. Chempionatning so‘nggi tur bellashuvlari esa 27-noyabr kuniga belgilangan.

Superligada so‘nggi ikki tur uchrashuvlari bir kunda va bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.

Jamoalarning O‘zbekiston Kubogi va Liga kubogidagi ishtirokiga qarab ularga qulaylik yaratish maqsadida ba’zi o‘zgarishlar ham bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, PFL asosiy musobaqalar taqvimini fevral oyida tasdiqlagan edi.

Quyida Superliganing ikkinchi davra taqvimining yangilangan talqini keltirib o‘tilgan:

Foto: PFL

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!