“Vest Hem” hujumchisi Marko Arnautovich karyerasini Xitoy chempionatida davom ettiradi. Bu haqda inglizlarning rasmiy saytida xabar berildi.
U faoliyatini Halk, Oskar hamda O‘zbekiston terma jamoasi sardori odil Ahmedov to‘p surayotgan “Shanxay SIPG” klubida davom ettiradi. Transfer narxi hali oshkor qilinganicha yo‘q.
Avvalroq Xitoy klubi 30 yoshli futbolchi uchun 25 million yevro to‘lashi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Arnautovich 2017-yildan buyon “Vest Hem” sharafini himoya qilib keladi.
U 2018-/19-yilgi mavsum Angliya Premyer ligasida 28 ta uchrashuv o‘tkazib, 10 ta gol urdi hamda 4 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)