4—7-iyul kunlari Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan kurash bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi jami 12 ta medalga ega chiqdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur musobaqada qit’aning 20 mamlakatidan tashrif buyurgan yosh kurashchilar g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Unda to‘liq tarkib bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Quyida musobaqada sovrindor bo‘lgan sportchilar keltirib o‘tilgan:
Oltin medali:- Amir Sultonov (yunon-rum kurashi, -60 kg)
- Mushtari Tolipbekova (ayollar kurashi, -40 kg)
- Abror Otaboyev (yunon-rum kurashi, -55 kg)
- Laylo Sobirova (ayollar kurashi, -40 kg)
- Nodirbek Yoqubov (erkin kurash, -40 kg)
- Arslon Rahimov (erkin kurash, -40 kg)
- Shohrux Jo‘rayev (erkin kurash, -40 kg)
- Quvonch Toshnazarov (yunon-rum kurashi, -48 kg)
- Jahongir Hoshimov (yunon-rum kurashi, -93 kg)
- Samandar Bobonazarov (yunon-rum kurashi, -73 kg)
- Rushana Abdurasulova (ayollar kurashi, -65 kg)
- Kamronbek Qadamov (erkin kurash, -48 kg)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)