Insoniyat mobil uylarning dastlabki namunlari paydo bo‘lishiga ko‘chmanchi lo‘lilardan minnatdor bo‘lishi lozim. Ular 16-asrdayoq o‘zlarining otlar qo‘shilgan g‘ildirakli uylarida dunyo bo‘ylab sayohat qilgan.
Keyinchalik bunday harakatlanish vositalari Amerikada ham paydo bo‘lgan. Bu yerda ular 1870-yillarda mashhur bo‘lishni boshlagan. Zamonaviy ko‘rnishdagi g‘ildirakli uylar esa 1926-yilda paydo bo‘lgan. Ular “treylerlar” deb nomlangan va pritseplar qo‘shilgan mashinalardan iborat bo‘lgan.
Keyinchalik treylerlar to‘laqonli mobil uylarga aylangan va Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng urf bo‘lgan. Bunday mobil uylar ko‘pincha ijaraga olingan yerlarda o‘rnatilgan. Bunday joylar treyler bog‘lari deb atalgan.
Hozirda AQShda treylerlar uchun minglab bog‘lar mavjud. Quyida bunday bog‘lar bir necha o‘n yillar oldin qanda ko‘rinishda bo‘lganini ko‘rish mumkin bo‘lgan TravelAsk tomonidan jamlangan suratlar taqdim etildi.
Izoh (0)