7-iyul, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Kopa Amerika—2019 musobaqasining finalida Tite qo‘l ostidagi Braziliya terma jamoasi Peru termasga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuvning 15-daqiqasida braziliyalik hujumchi Everton Soares hisobni ochgan bo‘lsa, 44-daqiqaga kelib Peru termasi a’zosi Paolo Gerrero Alisson Bekker qo‘riqlayotgan darvozaga penaltidan gol urdi (1:1). Oradan hech qancha vaqt o‘tmay hujumchi Gabriel Jezus jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1).
2-bo‘limning so‘nggi daqiqalarida esa Peru darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Undan Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Risharlison unumli foydalandi (3:1).
Qayd etish joiz, o‘yinning 70-daqiqasida Gabriel Jezus qizil kartochka bilan jazolandi.
Shu tariqa Braziliya Peruni 3:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Ma’lumot uchun, braziliyaliklar 12 yil ichida ilk bor, tarixda esa 9-marotaba mazkur musobaqada g‘olib bo‘ldi.
Bu borada qit’ada Argentina hamda Urugvay terma jamoalari yetakchi hisoblanadi. Argentina 14 marta, Urugvay esa 15 marotaba g‘oliblik nashidasini surgan.
Kopa Amerika—2019
Final bahsi
7-iyul, yakshanba
Braziliya—Peru 3:1
Gollar: 1:0 — 15 Everton, 1:1 — 44, penalti, Gerrero, 2:1 — 45 Gabriel Jezus, 3:1 — 90, penalti, Risharlison.Braziliya: Alisson, Markinyos, Aleks Sandro, Dani Alves, Tiago Silva, Kazemiro, Koutinyo (Eder Militao, 77), Artur, Firmino (Risharlison, 75), Everton (Allan, 90), Gabriel Jezus.
Peru: Galyese, Sambrano, Advinkula, Abram, Trauko, Flores, Yotun (Ruidias, 78), Kueva, Karrilyo (Polo, 86), Tapiya (Gonsales, 82), Gerrero.
Ogohlantirishlar: Gabriel Jezus (30), Tapiya (49), Tiago Silva (53), Sambrano (68), Advinkula (84), Risharlison (90).
Chetlatish: Gabriel Jezus (70).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)